Ko'p so'raladigan savollar Foydali havolalar Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi Интернет банк Bog'lanish

Справочник

A

Aval — alohida kafolat tilxati shaklida uchinchi shaxs tomonidan amalga oshiriladigan veksel kafillik; vekselning yuza tomoniga yoki unga maxsus biriktirilgan varaqaga yozib quyiladigan bank kafolati.

Aval kredit — mijozning kafolatlangan majburiyatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan bank krediti. Aval krediti kafolat yoki kafillikning turli xil shakllarida uchrashi mumkin: to‘lov kafolati, kredit bo‘yicha kafillik, yetkazib berish kafolati, ssuda (qarz) taqdim etish kafolati, soliq, bojxona, mahkama kafilliklari. Bank kafolatlari turli shakldagi xatarlarning o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan.

Avans kapital — kelajakda daromad keltirishga ishonch bildirilgan biznes-loyihalarni amalga oshirish, ishni tashkil etish, ishlab chiqarish uchun mablag‘larni olishga mo‘ljallangan pul kapitali.

Averaj muddat — kreditlarni bosqichma-bosqich (oylik, yarim yillik, yillik va b.) to‘lashning o‘rtacha davrlari.

Avers (fr. avers) — reversga qarama-qarshi tanganing yuza tomoni.

Avizo (ital. aviso — xabar berishlik) — bitta kontragentdan boshqasiga yo‘naltiriladigan hisob-kitob operatsiyasini bajarish haqidagi bankning rasmiy xabarnomasi.

Avuarlar (fr. avoir — mol-mulk, aktivlar) — bankning milliy va xorijiy valyutadagi mablag‘lari, shuningdek, veksellar, cheklar, pul jo‘natmalar, o‘zining yoki boshqa bank hisobida saqlanadigan akkreditivlar.

Avtomatlar (pul chiqarib beruvchi) — faqat plastik kartalar yordamida pul olish imkonini beruvchi bankomatlar.

Avtorizatsiya —  manbalar yoki xizmatlarga kirish uchun ruxsat olish, natijada karta emitenti tranzaksiyani amalga oshirishga ruxsat beruvchi jarayon. Ushbu jarayon, ko‘rsatilgan summa kredit kartadagi mablag‘ qoldig‘idan oshmasligini va kredit uchun ko‘rsatilgan summaning zaxiralanishini tasdiqlaydi.  

Agent — boshqa shaxs topshirig‘i bilan kelishuvlar bo‘yicha uning nomidan hujjatlarga imzo qo‘yish huquqisiz va uning nomidan ma'lum xarakatlarni sodir etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

Agentlik operatsiyasi —bir tomonning (rahbar) topshirig‘i bo‘yicha unga bog‘liq bo‘lmagan boshqa tomon (agent) bilan rahbar nomi va hisobidan, kelishilgan hududda mahsulot oldi-sotdisi bilan bog‘liq yuridik harakatni sodir etish.

Agregat pullik — tuzilma va pul massasi miqdorining ko‘rsatkichi.

Agregirlanish — guruhlarga birlashish yo‘li orqali iqtisodiy ko‘rsatkichlarni mustahkamlash. Misol tariqasida MO, Ml, M2 va boshqa pullik agregatlarni keltirish mumkin.

Adr, adr (American Depository Receipt, amerikancha ishbilarmonlik tilxati) — AQShdan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan korporatsiya aksiyalarini sotib olganlik haqida guvohlik beruvchi erkin muomaladagi tilxat. ADR bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar aynan qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar o‘rniga o‘tkaziladi: fuqarosi bo‘lmaganlarga alohida kompaniya aksiyalarini sotib olishni ta'qiqlovchi milliy qonunchilikni aylanib o‘tish imknoni beradi. 

Akkreditiv (lot.dan accredo — ishonaman) — 1) naqd pulsiz hisob-kitob shakli, bunda yetkazib beruvchining taqdim etgan hisob-kitob hujjatlaridagi to‘lov, sotib oluvchining bankda depozitga qo‘yilgan maqsadli mablag‘lari hisobidan amalga oshirish; 2) berilgan shaxsga tegishliligini tasdiqlovchi, nomi yozilgan qimmatli qog‘oz egasiga kredit tashkilotida unda ko‘rsatilgan summani olish huquqini beradi.

Hisob-kitoblarning Akkreditiv shakli — akkreditiv mablag‘lar orqali pulsiz mahsulot va xizmatlar uchun hisob kitob shakli. Asosan, Ta'minlovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bankdan xaridorning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankda depozitga qo‘yilgan (saqlash uchun qo‘yilgan) aktivlar hisobidan pul mablag‘larini boshqa shaharda hisob-kitob qilish uchun olishda qo‘llaniladi.

Akselerator (lot.dan accelero — tezlatayapman) — investitsiya o‘sishining daromad, iste'mol talabi yoki tayyor mahsulot o‘sishiga nisbatan keltirib chiqaradigan munosabati. Makroiqtisodiyotda, iqtisodiy davr fazasi bo‘yicha YaIM ishlab chiqarish dinamikasini modellashtirish uchun multiplikator bilan birga qo‘llaniladi, aksioma (grek.dan axioma — ahamiyat, talab) – ilmiy nazariyotga dalil-isbotsiz kiritiladigan holat.  

Aktiv (lot.dan activus — serg‘ayrat) — 1) qanday moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklar firmaga tegishliligini ko‘rsatib beruvchi buxgalteriya balansining bir qismi. Passivning aksi; 2) jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulk va undagi haqqi.

Kartochka aktivlari — to‘lov me'yorining bir qismi, ya'ni kartochka egasi xaridni amalga oshirishi yoki naqd pul yechishi mumkin bo‘lgan summa. Krtochka aktivlari = To‘lov me'yori – Amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holdagi pasaymaydigan qoldiq.

Korxona aktivlari — buxgalteriya amaliyotida hisobga olingan mol-mulk. O‘z ichiga: moddiy, moliyaviy va nomoddiy aktivlar oladi. Korxonaning moddiy aktivlariga yer yoki unga egalik qilish huquqi, undan foydalanish; ishlab chiqarish va noishilab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshoatlar; o‘rnatilgan va o‘rnatilmagan jihozlar; noishlab chiqarishga mo‘ljallangan ko‘chadigan mol-mulk; tayyor mahsulotlarning (omborlardagi, sexlardagi, yo‘ldagi) xom ashyo, yoqilg‘i va yarim fabrikat zaxiralari; ijaraga berilgan mol-mulk; yuridik shaxs mavqyeyiga ega bo‘lmagan hamda balanslari firmalar balansidan ajralmagan, korxonaga tegishli filiallar va sho‘ba korxonalar kiradi. Korxonaning moliyaviy aktivlari g‘azna naqd pullari, banklardagi depozitlar, omonatlar, cheklar, sug‘urta polislari, qimmatli qog‘ozlardagi mablag‘lar, yetkazib berilgan mahsulot uchun mablag‘larni to‘lash bo‘yicha boshqa korxona va tashkilotlar majburiyatlari (savdo-sotiq krediti), boshqa korxona aksiyalaridagi portfel qo‘yilmalarni; nazorat qilish, pay yoki boshqa korxonalarning ishida ishtirok etish huquqini beruvchi boshqa korxonalarning aksiya paketlarini o‘z ichiga oladi. Korxonaning nomoddiy aktivlari – bunga turli shakldagi itellektual mulk kiradi. 

Aksept — 1) shaxsning ofertlar qabul qilish (shartnoma tuzish taklifi) haqidagi javobi; 2) pullik, hisob-kitob, mahsulot hujjatlari yoki mahsulotning kafolatlangan to‘lovi yoki to‘loviga roziligi. Aksept yetkazib berilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmat, ichki va xalqaro mahsulot-pul aylanmalarida amalga oshirilgan ishlar uchun hisob-kitob shaklida keng qo‘llaniladi.

Kartochka akseptanti — kartochka egasidan uni to‘lov instrumenti sifatida qabul qiluvchi va xizmat ko‘rsatuvchi bank-ekvayeriga tranzaksiyalar haqida ma'lumot yuboruvchi tomon. Kartochka akseptantlari sifatida savdo-xizmat ko‘rsatish firmalar, shuningdek, bankomatlar xizmat qiladi.

Aksiz (frans.da accise lot.da accicus — kamaytirilgan, kesilgan) — ustama poyda keltiradigan ommaviy iste'mol mahsulot va xizmatlarning egri soliq turi (spirtli, tamaki mahsulotlar, benzin kabilar). Dablat byudjetini to‘ldiruvchi muhim manbalardan biri.

Aksiyadorlik jamiyati — aksiya chiqargan yuridik va jismoniy shaxslarning kapitallari ixtiyoriy birlashtirish asosida tashkil etilgan tijoriy tashkilot. Aksiyadorlik jamiyati (tashkiliy-huquqiy shakl) ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati aksiyalari aksiyadorlar roziligisiz bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tadi. Yopiq turdagi aksyadorlik jamiyati aksiyalari faqat ko‘pchilik aksiyadorlar roziligi bilan, agar nizomda boshqa narsa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin.

Aksiyadorlik kapitali — aksiya va obligatsiyalar sotish yo‘li bilan pul mablag‘lari jalb etish orqali tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati kapitali.

Allonj — qo‘shimcha indossamentlar (o‘tkazadigan yozuvlar) uchun vekselga ilova etiladigan varaq.

Alternativ buyruq — chegaralangan narx bo‘yicha ma'lum qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish buyrug‘i.

Alpari — qimmatli qog‘oz yoki valyutaning ularning nominaliga (pariteti) nisbatan birja bozori kurslariga muvofiqligi.

Kredit amortizatsiyasi — kreditni asosiy qarz summasi va foizlari bo‘yicha muntazam to‘lovlarni kiritish orqali kamaytirib borish jarayoni.

Anderrayter (ingl.dan underwrite — imzolamoq) — o‘z zimmasiga qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar)ni bozorda sotish va joylashtirish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oluvchi, qimmatli qog‘ozlar obunasini ta'minlovchi shaxs. 

Anderrayting (ingl.dan underwrite — imzolamoq) — 1) vositachilar orqali ommaviy obuna bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, odatda ushbu vazifani investitsiyaviy banklar bajaradi. Ular avvaldan belgilangan narx (birlamchi bozor narxi) bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni kompaniyalardan sotib oladilar va keyin ancha qimmat narxda (ikkilamchi bozor narxida) ularni investorlar e'tiboriga havola etadilar; 2) ko‘chmas mulkni sug‘urtaga qabul qilish.

Annuitet (nem.da Annuitat, qad.lot.da annuitas — yillik to‘lov) — 1) yillik to‘lanadigan pul miqdori (badal, renta, daromad); 2) davlat zaymlarining bir turi bo‘lib, to‘lovlar har yili amalga oshiriladi.

Arbitraj (frans.dan arbitrage) — 1) tortishuvli masalalarni hal etish usuli (asosan mol-mulk xarakteridagilar), bunda tomonlar o‘zlari tomondan yoki ularning roziligi bilan tanlagan yoki belgilangan qonunchilik tartibida tayinlangan arbitrlarga (hakamlik sudlariga) murojaat etadilar; 2) mazkur fursatda mavjud bo‘lgan bir mahsulotning narxidagi (bitta valyuta, bitta qimmatli qog‘oz kursida), turli mahsulot bozorlaridagi (valyuta, fond) farqlar hisobiga foyda olish maqsadidagi kelishuv.

Arbitraj sudi — fuqarolarning qonuniy munosabati yoki boshqaruv sohasidagi qonuniy munosabatdan kelib chiquvchi, tadbirkorlik amaliyotida yuzaga kelgan tortishuvlarni hal etishda sud hokimligini amalga oshiruvchi davlat organi.  

Arenda (polyak. arenda, lot.da arrendare — ijaraga bermoq) — mol-mulk ijarasi, bunda mulk egasi ijara oluvchiga mulkni vaqtinchalik foydalanishga yoki to‘lov evaziga foydalanishga beradi. Xususiylashtirishning dastlabki chorasi sifatida keng qo‘llanilgan (shuningdek, lizingga qarang).

Arenda to‘lov — ijara ob'ekti uchun to‘lov. Potinsial ijara to‘lovi o‘z ichiga oladi: birinchidan, ijaraga berilgan mulkning amortizatsiyasini; ikkinchidan, ijaraga olingan mulkdan kapital sifatida foydalanishdan kelgan foydaning bir qismini; uchinchidan, renta to‘lovi (masalan, ko‘chmas mulk ijarasi).

Assignatsiya (polyak. asygnacja, lot.da assignatio — vazifa) — 1) Rossiyada e'tibor qaratilgan qog‘oz pul belgilari (1769—1849 y.); 2) bir tomon har xil sabab yuzasidan ikkinchi tomonga ma'lum pul summasi, qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa qimmatbaho narsalarni topshiruvchi shartnoma.

Ajratilgan pul mablag‘i — pul mablag‘larini ajratish.

Audit (ingl. audit — tekshiruv, taftish) — kompaniya faoliyatini rasman tekshirish.

Auditor (lot.da auditor- tinglovchi; shogird; tergovchi) — komapniya faoliyatini rasman tekshiruv o‘tkazuvchi taftishchi.

Autsayder (ingl. outsider — begona) — yirik (monopolist) birlashmaga kirmagan biron-bir sohaning ishlab chiqarish korxonasi.

Affilirlovchi shaxs — firmaning boshqaruv organi tarkibiga kiruvchi aksiyador yoki xodim. Affilirlovchi shaxs, o‘zining mavqyeyidan foydalangan holda, aksiyadorlik jamiyatining boshqa a'zolariga zarar keltirish bilan qo‘shimcha daromad olishi mumkin.

Avtorizatsiya — manbaa yoki xizmatlarga kirish uchun ruxsat olish, ushbu jarayon natijasida karta egasi tranzaksiya sodir etish uchun ruxsat beradi. Ushbu jarayon, ko‘rsatilgan summa kredit kartadagi mablag‘dan oshmaganini tasdiqlaydi va kredit uchun ko‘rsatilgan summani zaxiralaydi.   

B

Bank jo‘natmalari — qabul qilib oluvchi (tashkilot yoki jismoniy shaxs) hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazish. Yuboruvchilar - Bankda hisob ochish orqali bo‘lgani kabi, hisob ochmasdan ham ushbu jarayonni amalga oshirishlari mumkin. 

Bank kartasi — VISA Int., Eurocard/MasterCard Int. xalqaro to‘lov plastik kartalari. Debet kartalar va Kredit kartalar mavjud. 

Bank komissiyasi — odatda ma'lum operatsiyani sodir etish uchun, masalan, chekni to‘lash yoki bankomat orqali naqd pul olish uchun bank mijozdan yechib oladigan summa. 

Bank depoziti — mijoz tomonidan bankka saqlash uchun qo‘yilgan pul summasi. Depozit omonatlar bo‘yicha foizlar o‘tkazilishi va o‘tkazilmasligi mumkin; u tomonlar o‘rtasidagi shartnomaga asosan muddatli yoki talab qilingunchagacha bo‘lishi mumkin.

Bankomat (ATM) — bank kompyutori bilan ulangan elektron terminal uskuna turlaridan biri. U mijozning bankdagi hisob raqamidan naqd pul olishi, hisob bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lishi hamda kompyuterga kiritilgan dasturlar va bankomatning texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda boshqa bank operatsiyalarini bajarishga mo‘ljallangan.

Buxgalteriya balansi (frans.da balance — torozi) — firma xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilish shakli. U mablag‘ manbalari va ularni joylashtirishni aks ettiruvchi ikki qismga bo‘linadi (debet va kredit; aktiv va passiv). 

Savdo balansi (tashqi savdo) — ma'lum vaqt davomida malakatga olib kiriladigan (import) va mamlakat olib chiqiladigan (eksport) mahsulotlarning narxlari summasidagi o‘zaro nisbati. “Savdo balansi” atamasini ingliz yozuvchisi E.Misselden “Savdo aylanasi” traktadida (1623) kiritib o‘tgan. Eksportva importning narxdagi farqi balans saldosi deb nomlanadi. Agar eksport importdan oshsa B.v. aktiv deb nomlanadi; agar import eksportdan oshsa – passiv deyiladi.

Bank (ital. banco — o‘rindiq, sarrof do‘koni) — quyidagi bank amaliyotlari majmuini amalga oshirish uchun mutlaq huquqqa ega bo‘lgan kredit tashkiloti: omonatlarga yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilish, mazkur mablag‘larni o‘z nomidan va o‘z hisobidan qaytarish, to‘lash, muddatlilik shartlari bilan joylashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobraqamlarini ochish va yuritish.

Bank-kafil — o‘z mijozi uchun to‘lovlarni amalga oshirishga kafil bo‘lgan va majburiyatini olgan bank. U mijozlar, shuningdek korrespondent-banklar hisobidan kafillik kafolatlarini beradi.To‘lov kafolatlari eng keng tarqalgan. Bank-kafil kreditor oldida qarzdorning kontrakt bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mayuburiyatini oladi. 

Bank-korrespondent — boshqa banklar bilan amaliy munosabatlarda bo‘lgan bank. 

Bank-ekvayer — savdo-xizmat ko‘rsatish korxonasi uchun xaridorlar tomonidan plastik kartochkadan foydalangan holda tovar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha xizmatlar tashkil etuvchi vakolatli bank (to‘lov tizimi a'zosi). 

Bank-emitent — to‘lov tizimi talablariga muvofiq, ushbu to‘lov tizimi plastik kartalarini chiqaruvchi vakolatli bank.

Tijorat banki — 1) feodal tarmoqqa xizmat ko‘rsatuvchi tabaqalashgan yer banklariga zid ravishda, yuzaga kelayotgan bozor iqtisodiyotiga xizmat ko‘rsatuvchi bank; 2) ikki darajali bank tizimida, notijorat tashkilot sanaluvchi markaziy bank – birinchi daraja bankdan farqli ravishda, ikkinchi darajadagi bank.

Xalqaro hisob-kitoblar banki (xhb) — umumiy monetar va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash uchun barcha mamlakatlar markaziy banklari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta'minlovchi xalqaro tashkilot. Shtab-kvartirasi Bazelda (Shveytsariya). XHB shafeligida Bank nazorati qo‘mitasi (Bazel qo‘mitasi) tashkil etilgan.

Vakolatli bank — xorijiy valyutada bank amaliyotlarini o‘tkaxishga markaziy bank litsenziyasini olgan tijorat banki. Bosh litsenziya ichki va tashqi moliyaviy bozorlarda barcha ko‘rinishdagi valyuta amaliyotlarini o‘tkazish huquqini beradi. 

Markaziy bank — ikki darajali bank tizimida birinchi daraja banki, naqd pullar emissiyasini monopol tarzda amalga oshiradi. 

Bank uyi — shirkat ko‘rinishidagi xususiy kredit muassasasi. 

Banknot (ingl. bank-note — bank bileti, bank vekseli) — bank bileti, qog‘oz pul belgisi, emissiya banki tomonidan chiqariluvchi foizsiz kredit bileti. Banknot to‘liq qoplanish ko‘rinishida oltinga cheklanmagan miqdorda almashtirilgan; emissiya limiti oltin zaxirasi sanalgan. Banknot qoplovlarsio‘ ta'minotga ega bo‘lmagan, to‘laqonli pullarga almashtirish amalga oshirilmagan; qo‘shimcha pul belgilarini emissiya qilish huquqi davlat bankida bo‘lgan va vaqti-vaqti bilan o‘sish tarafiga qayta ko‘rib chiqilgan. 

Bank kafolati — bu oluvchi kafolat shartlariga muvofiq to‘lov talabnomasini taqdim etganida bankning kafolat yuzasidan to‘lovchiga muayyan summa to‘lovini amalga oshirish majburiyatidir (masalan, uning sherigi o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmagan taqdirda). Bank kafolati shartnoma majburiyatlarini ta'minlash usuli hisoblanadi, shu bilan birga, bu majburiyatlardan mustaqil sanaladi. Bu bank shartnoma shartlari bajarilishi bo‘yicha hyech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmasligini, biroq kafolatda keltirilgan summani oluvchiga kafolat shartlarida to‘lanishini kafolatlaydi. Akkreditivdan farqli o‘laroq, bank kafolati hisob-kitob shakli sanalmaydi, faqa prinsipal benefitsiar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganda qo‘llaniladi. 

Bank kartasi — xalqaro to‘lov tizimlari, masalan, VISA Int., Eurocard/MasterCardInt. plastik kartalari. Debet kartalar va Kredit kartalar mavjud. 

Bank kartochkasi (Bankcard) — plastik identifikatsiya vositasi, uning yordamida to‘lov kartasi oluvchisiga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek naqd mablag‘lar olish imkoni taqdim etiladi. Kartochka sohibining identifikatsiyasi plastikka karta raqami, amalda bo‘lish muddati, shuningdek kartochka sohibining familiyasi, ismi va imzo namunasini tushirish orqali ta'minlanishi lozim. Bank kartochkasidan foydalanish tartibi kartochka sohibi va bank-emitentning o‘zaro majburiyatlari bilan boshqariladi.

Bank komissiyasi — Bank tomonidan mijozdan, qoidaga ko‘ra, muayyan amaliyotlarni amalga oshirgani uchun, masalan, chek to‘lagani yoki bankomat orqali naqd pul olgani uchun ushlab qolinadigan summa.

Bank xizmati — bank mijozlari ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan alohida texnik, texnologik, intellektual, kasbiy va boshqa harakatlar natijasi. 

Bank amaliyoti (operatsiyasi) — mijozga bank mahsulotini taqdim etish yoki tijorat bankining o‘z vositalarini shakllantirish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq harakatlar majmui. Bank amaliyoti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish; 2) jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish; 3) yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlarini ochish va yuritish; 4) yuridik va jismoniy shaxslar topshirig‘iga ko‘ra hisob-kitoblarni amalga oshirish; 5) pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarining inkassatsiyasi va yur. hamda jism. shaxslarga kassa xizmatini ko‘rsatish; 6) xorijiy valyuta oldi-sotdisi; 7) qimmatbaho metallarni joylashtirish; 8) bank kafolatlarini berish; 9) pul mablag‘lari jo‘natmalarini amalga oshirish. 

Bank bitimlari — 1) uchinchi shaxslar yuzasidan kafillik berish; 2) uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqini sotib olish; 3) pul mablag‘lari va boshqa mulklarni ishonchli boshqaruv; 4) kimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amaliyotlarni amalga oshirish; 5) jism. va yur. shaxslarga hujjatlar va qimmatliklarni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ulardagi seyflarni ijaraga berish; 6) lizing amaliyotlari; 7) maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.

Bank krediti — bank tomonidan vaqtinchalik ishlatib turishga o‘z yoki jalb qilingan kapitalining bir qismini taqdim etilishi. Ssuda berish, veksellar hisobi va b. Shaklda amalga oshiriladi. Kreditning spetsifik shakllari forfeyting, fatkoring, xaridorga kredit kabilar sanaladi. Forfeyting – eksporterdan importer tomonidan akseptlangan veksellarni sotib olish shaklidagi tashqi iqtisodiy amaliyotlarni kreditlash. Tijorat banklari tomonidan veksellarning odatiy hisobga olinishidan farqli ravishda, forfeytingda qarz majburiyati bo‘yicha barcha xatarlarning xaridor-forfeyterga o‘tishi (“aylanmasiz” hisob) nazarda tutiladi. Shu sababli bu usulda importer-mamlakat banki kafolati taqdim etilishi talab etiladi. Forfeyting o‘rtamuddatli xarakterga ega – 7 yilgacha. Faktoring – qarzlarni undirish yoki ishonchnoma bo‘yicha tijorat amaliyotlarini amalga oshirish huquqlarini qayta sotish. Komissioner kompaniyaning debitor qarzlarini naqd pulga diskont bilan sotib oladi, so‘ngra tovar sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan amaldagi xaridordan qarzni undirib oladi. Xaridorga kredit eksporter banki (banklar konsorsiumi) tomonidan bevosita importerga yoki unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Xaridorga kreditlarning bir necha shakli mavjud: bir martalik kreditlar bo‘yicha, “kredit liniyalari”, shuningdek sanoat yoki fuqaro ob'ektlari qurilishiga jihozlar yetkazib berish bilan hamda qurilish, montaj va ishga tushirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga kreditlar. 

Bank jo‘natmasi — oluvchi (tashkilot yoki jismoniy shaxs) hisobraqamiga pul mablag‘larini jo‘natish. Jo‘natuvchi-bankda hisobraqam ochish yo‘li bilan ham, hisobraqam ochmay ham amalga oshirish mumkin. 

Bank mahsuloti — mijozga muayyan ketma-ketlikda taqdim etilgan va uning kredit olishga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi spetsifik bank xizmatlarining o‘zaro bog‘liq majmui. 

Bank depoziti — mijoz tomonidan saqlash uchun bankka joylashtirilgan pul summasi. Depozit qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar hisoblanishi ham, hisoblanmasligi ham mumkin; u, tomonlar kelishuviga ko‘ra, muddatli yoki talab qilib olinguncha bo‘lishi mumkin.

Bankomat (AutomaticTellerMachine, ATM) — plastik kartalar egalariga naqd pul berish uchun mo‘ljallangan elektron-mexanik qurilma. Bankomat protsessor, displey, klaviatura va kartochkadan axborotni o‘qishga mo‘ljallangan rider bilan jihozlangan. Bankomat tomonidan quyidagi amaliyotlar amalga oshirilishi mumkin: — naqd pul mablag‘larini berish va qabul qilish; — bank kartalari qo‘llanilgan holda amalga oshirilgan amaliyotlar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash; — hisobrqam bo‘yicha axborot taqdim etish; — naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish va sh.k. Foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun kartochka riderga joylanadi va klaviatura orqali personal identifikatsiya raqami (PIN-kod) kiritiladi. Shundan keyin bankomat avtorizatsiya seansini o‘tkazadi va, u muvaffaqiyatli yakunlansa, naqd pul taqdim etadi.

Bankomat avtorizatsiyasi (ATM authorization) — bankomat orqali naqd pul taqdim etishni amalga oshirish uchun avtorizatsiya so‘rovi va tegishli ruxsat. 

Bankomat tranzaksiyasi (ATM-transaction) — bankomat orqali naqd pul berish amaliyoti yoki boshqa xizmat ko‘rsatish. Bankomat tranzaksiyasi plastik kartochka sohibining atvorizatsiyasini talab qiladi. 

Bankrot (ital. banco — o‘rindiq va rotto — siniq, ya'ni, so‘zma-so‘z, singgan o‘rindiq iborasidan) — kreditorlarga to‘lashdan bosh tortuvchi puli yo‘q qarzdor. 

Bankrotlik — hakamlik sudi tomonidan e'tirof etilgan yoki qarzdor tomonidan e'lon qilingan, qarzdorning kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘liq qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlarni to‘lashga qobil emasligi. 

Barter bitimi (ingl. barter — tovar almashinuvi) — tovarni tovarga pul vositasisiz almashish. O‘zaro hisoblashlar, to‘lovlarni o‘zaro so‘ndirish barter bitimlarining turli ko‘rinishlaridir.

Naqdsiz hisob-kitoblar — bu naqd pullar qo‘llanilmay, kredit muassasalaridagi hisobraqamlar orqali pul mablag‘larini o‘tkazish va o‘zaro talablarni hisobga olish orqali amalga oshiriluvchi hisob-kitoblar (to‘lovlar)dir. 

Uzluksiz kredit — kreditor va zaemchi roziligisiz shartlari o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan kredit. 

Benefitsiar (lat. beneficium — ezgu ish) — pul oluvchi, to‘lov atalgan shaxs. 

Firma biznes-rejasi — tadbirkorlik loyihasini aks ettiruvchi hujjatlar majmui. Istalgan firma o‘z faoliyatini rejalashtirish lozim. Aniq va malakali tuzilgan Biznes-reja ishlarni boqsharish va muvofiqlashtirish, investitsiyalar jalb qilish. Bankda kreditlar olish uchun xizmat qiladi. 

Billon tangasi (fr. billon — past probali kumush) — mayda tangalar funksiyasini bajaruvchi kichik qiymatdagi to‘laqonli bo‘lmagan metall pullar. Hozirda faqat billon tangalari zarb etiladi. 

Bimetallizm — umumiy ekvivalent roli ikkita qimmatbaho metall (masalan, oltin va kumush)ga biriktirilgan pul tizimi, shu sababli ikkala metaldan tangalar zarb etish va ularning muomalasi nazarda tutiladi. XVI—XIX asrlarda keng tarqalgan. XIX asr oxirida ko‘pchilik mamlakatlarda bimetallizm oltin monometallizmga o‘zgartirildi.

Birja (nem. B’drse, lat. bursa — hamyon) — standartlar, navlar, namunalarga ko‘ra sotiluvchi almashishga layoqatli tovarlarningmuntazam faoliyat yurituvchi ulgurji bozori. Birja undagi tovarlarga standartlarni, tovarlar va qimmatli qog‘ozlar narxlari darajasi (kotirovka)ni belgilaydi, talab va taklif kon'yunkturasini tahlil qiladi, amaliy axborotni tarqatadi, von'yunktura o‘zgarishi tufayli ro‘y bergan moliyaviy yo‘qotishlarni yumshatish imkonini beruvchi mexanizmlar (opsion va b.)ni ishlab chiqadi. Birjalar turlari: tovar, valyuta, fond. Birja savdolari ishtirokchilari asosan birja a'zosi bo‘lmaganlarning topshiriqlari, buyurtmalarini bajaruvchi brokerlarga va o‘z hisobidan amaliyotlarni o‘tkazuvchi dilerlarga bo‘linadi. Rossiyada birinchi rasmiy birja Sankt-Peterburgda 1816 yilda ochilgan. 

Birja bitimlari — birjada muomalaga chiqarilgan mulkka nisbatan huquq va majburiyatlarni o‘zaro taqdim etish haqidagi kelishuvlar. Birja bitimlarini quyidagicha taqsimlash qabul qilingan: kassa – bitim tuzilgan vaqtda yoki keyingi 2-3 kun ichida bajariladi; muddatli – muayyan muddatdan keyin bajariladi. 

Kartochkalarni blokirovkalash (Cardblocking) — kartochka bo‘yicha amaliyotlarni vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish. Blokirovkalash bank tomonidan kartochka sohibi arizasiga ko‘ra yoki, karta bo‘yicha to‘lovlarni shubhali deb hisoblasa, o‘z tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. 

Bonus — 1) mukofot, rag‘batlantirish; 2) savdo vositachisi tomonidan uning ishtirokida o‘tkazilgan aylanmaning umumiy summasidan foiz ko‘rinishida olingan mukofot. 

Brettonvud valyuta kelishuvlari tizimi — 1944 yil iyulida Bretton-Vudsda (BrettonWoods, Nyu-Gempshir shtati, AQSh) o‘tkazilgan BMT konferensiyasida 44 ta davlat tomonidan qabul qilingan xalqaro valyuta-moliyaviy masalalar bo‘yicha kelishuvlar majmui. U o‘z ichiga Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankini tashkil qilish haqidagi shartnomalar loyihalarini olgandi. Kelishuvni imzolagan mamlakatlar o‘z milliy valyutalari kursini dollarda yoki oltinda qayd etdilar. Dollar asosiy jahon valyuta birligi deb e'tirof etildi, uning kursi 35 dollar oltinning 1 troya unsiyasiga teng deb belgilab olindi. Dollarni oltinga almashtirish 1971 yilda ro‘y berdi, bu amalda B.v.k.t.ning yakun topganini anglatdi. Uning o‘rniga Yamayka valyuta kelishuvlari tizimi tuzildi. 1997-1998 yillardagi jahon valyuta-moliya inqirozidan keyin yangi jahon valyuta-moliya kelishuvlar tizimini yaratish masalasi o‘rtaga chiqmoqda. 

Broker (ingl. broker) — birjadagi tovarlar, qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisidagi vositachi. Mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va ularning hisoblaridan harakat qiladi. Bitim summasining ma'lum foizi shaklida mukofot oladi. B. birja a'zosi sanaladi. 

Brokeridj (ingl. brokerage) — komissiya mukofoti; brokerning mijozdan oluvchi daromadi. Tuzilgan bitimlar qiymatining foizida hisoblanadi.

Byudjet (eski fr. bouge — sumka, sandiq, kichraytirma ot, bougette — hamyon; fransuz tilidan bu so‘z ingliz tiliga budget shaklida ko‘chgan, u hamyon, sumka ma'nosini anglatgan, keyin – g‘aznachilik vaziri parlamentga pul va hisobotlarni olib borgan portfelni anglatgan va nihoyat, - vazir hisoboti, davlat daromadlari va xarajatlari smetasini anglatgan) — pul mablag‘larining tahminiy hisoblab chiqilishi, kelgusidagi pulli daromadlar va xarajatlarni qayd etish; pul mablag‘lari fondining o‘zi.

Byudjet tizimi — davlat byudjeti va davlat byudjetdan tashqari fondlar byudjetlarining daromadlarini shakllantirish va mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq munosabatlar majmui. 

Byudjet yili — davlat byudjeti bajarilishining qonun tomonidan belgilangan yillik muddati. Aksariyat mamlakatlarda kalendar yilga to‘g‘ri keladi (MDH mamlakatlari, Italiya, Fransiya va b.), ba'zilarda 1 apreldan 31 martgacha (Buyuk Britaniya, Yaponiya), 1 iyuldan 30 iyungacha (Kanada), 1 oktyabrdan 30 sentyabrgacha (AQSh), 1 martdan 28 fevralgacha (Turkiya) davom etadi. 

Byudjet defitsiti — byudjet xarajatlari uning daromadlaridan ortib ketishi. Davlat zaemlari, tovar massasi bilan mahkamlanmagan qog‘oz pullar emissiyasi hisobidan qoplanadi. Shu sababli, qoidaga ko‘ra, inflyasiyaga sabab bo‘ladi. 

Kredit tarixi byurosi — qarz olishga talabgor bo‘layotgan yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlari haqidagi axborotni yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot.

Kartochka sohibi banki (Cardholderbank) – kartochka sohibiga kartochkani bergan bank-emitent (qarang: bank-emitent). 

Bank plastik kartochkasi qar. Bank kartochkasi. 

Bank kartochkasi (Bankcard) – plastik identifikatsiya vositasi, uning yordamida to‘lov kartasi oluvchisiga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek naqd mablag‘lar olish imkoni taqdim etiladi. Kartochka sohibining identifikatsiyasi plastikka karta raqami, amalda bo‘lish muddati, shuningdek kartochka sohibining familiyasi, ismi va imzo namunasini tushirish orqali ta'minlanishi lozim. Bank kartochkasidan foydalanish tartibi kartochka sohibi va bank-emitentning o‘zaro majburiyatlari bilan boshqariladi.

Bank identifikatsiya raqami (BankIdentificationNumber (BIN)) – noyob raqam, plastik kartadagi raqamlar, bank-emitentni to‘liq aniqlaydi. Odatda bu dastlabki oltita raqam, ular bin (Bin) deb ataladi. 

Bank hisobi (Bankingaccount) – bankda ochilgan va yuritiladigan yuridik yoki jismoniy shaxslarning hisobraqamlari, ularda pul mablag‘lari harakatlanishi aks etadi. Bank hisoblari bankning har bir mijozining pul mablag‘larining kelib tushishi va olinishi hisobini yuritish usuli sanaladi. Bank hisoblarida mijozlarning moliyaviy amaliyotlari aks etadi. 

Bankomat (AutomaticTellerMachine, ATM) - plastik kartalar egalariga naqd pul berish uchun mo‘ljallangan elektron-mexanik qurilma. Bankomat protsessor, displey, klaviatura va kartochkadan axborotni o‘qishga mo‘ljallangan rider bilan jihozlangan. Bankomat tomonidan quyidagi amaliyotlar amalga oshirilishi mumkin: 

  • naqd pul mablag‘larini berish va qabul qilish; 
  • bank kartalari qo‘llanilgan holda amalga oshirilgan amaliyotlar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash; 
  • hisobrqam bo‘yicha axborot taqdim etish; 
  • naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish va sh.k.

Foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun kartochka riderga joylanadi va klaviatura orqali personal identifikatsiya raqami (PIN-kod) kiritiladi. Shundan keyin bankomat avtorizatsiya seansini o‘tkazadi va, u muvaffaqiyatli yakunlansa, naqd pul taqdim etadi.

Bankomat avtorizatsiyasi (ATM authorization) — bankomat orqali naqd pul taqdim etishni amalga oshirish uchun avtorizatsiya so‘rovi va tegishli ruxsat. 

Bankomat tranzaksiyasi (ATM-transaction) — bankomat orqali naqd pul berish amaliyoti yoki boshqa xizmat ko‘rsatish. Bankomat tranzaksiyasi plastik kartochka sohibining atvorizatsiyasini talab qiladi. 

Bank-ekvayer — savdo-xizmat ko‘rsatish korxonasi uchun xaridorlar tomonidan plastik kartochkadan foydalangan holda tovar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha xizmatlar tashkil etuvchi vakolatli bank (to‘lov tizimi a'zosi). 

Bank-emitent — to‘lov tizimi talablariga muvofiq, ushbu to‘lov tizimi plastik kartalarini chiqaruvchi vakolatli bank.

Xavfsiz elektron bitim (Secure electronic transaction (SET)) – Internet tarmog‘ida kredit kartalarda himoyalangan tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan standart. Standart kartochka raqamini sotuvchiga ko‘rsatmagan holda so‘rayotgan tomonga kredit kartochka raqamini yuborish mexanizmini ta'minlab, xaridorlarni himoyalaydi. 

Kartochkalarni blokirovkalash (Cardblocking) — kartochka bo‘yicha amaliyotlarni vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish. Blokirovkalash bank tomonidan kartochka sohibi arizasiga ko‘ra yoki, karta bo‘yicha to‘lovlarni shubhali deb hisoblasa, o‘z tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. 

V

Imzolarning verifikatsiyasi (Signatureverification) – kartochka egasining shaxsini, kartochka va mahsulot chekidagi imzo namunalarini solishtirish bilan imzoning asliga to‘g‘riligini aniqlash orqali identifikatsiyalash uslubi.

“Talab qilinguncha” omonati — Sredstva (sberejeniya), vnosimыe v banki ili drugie kreditnыe organizatsii bez ukazaniya sroka xraneniya. Vkladы do vostrebovaniya mogut bыt iz'yatы v lyuboe vremya po pervomu trebovaniyu vkladchika. Oni ispolzuyutsya dlya tekuщix rasxodov. Po nim nachislyaetsya otnositelno nizkiy protsent. V otdelnыx sluchayax protsent ne nachislyaetsya voobщe. Vkladы do vostrebovaniya prinimayutsya kak na imya opredelennogo litsa, tak i na pred'yavitelya. 

Foyda oluvchi  — foyda olishga, xususan, agentlik shartnomasi, kafolat shartnomasi, bank operatsiyasi va boshqa kelishuvlarni o‘tkazishdagi komissiya va ishonch boshqaruvi asosida xarakat qilayotgan (yuridik yoki jismoniy) shaxs. 

Hisobdan ko‘chirma — mijozning, muntazam va talab bo‘yicha taqdim etiladigan hisob holati haqidagi ma'lumotlar. 

G

Kredit bo‘yicha ta'minot kafolati — kafolatlash holati sodir bo‘lganda (masalan, kredit qaytarilmasa) kafilning ma'lum summani to‘lash majburiyati. 

Kafil — kafil bo‘lgan shaxs: biron narsaga kafolat beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 

Omonatlarni sug‘urtalashning davlat dasturi — omonatchiga omonatlarni qaytarishni kafolatlovchi omonatlarni sug‘urtalashning davlat dasturi. 

Gologramma – kartochkaga katta xarorat ostida presslash orqali yopishtiriladigan golografik nakleyka. Gologramma soxtalashtirshdan qo‘shimcha himoyalanishga xizmat qiladi va bank kartochkasining majburiy atributi hisoblanadi. 

Ovozli avtorizatsiyalash (Voice authorization) – avtorizatsiyalash, bunda sotuvchi yoki g‘aznachi telefon orqali avtorizatsiya qilish uchun so‘rovnoma beradi. Emitent avtorizatsiyalash kodi o‘rniga sotuvchiga «PleaseCall» signalini qaytarish holatida ovozli avtorizatsiyalash qo‘llanilishi mumkin.

Issiq kartochka (Hotcard) – bekor qilinganligi e'lon qilingan va olib qo‘yishlik kerak bo‘lgan, lekin emitent-egasiga hali qaytarilmagan kartochka. 

D

Yaroqlilik muddati (Validdate) – bank kartochkasiga tushirilgan sana, o‘sha sanadan oshlab karta amalda hisoblanadi. 

Kartochka amal qilish muddati yakunlanishi sanasi (ExpirationDate) – ushbu sana tugagach, kartochka, plastikning jismoniy eskirishi sababli, almashtirilishi lozim bo‘ladi. kartochkani almashtirishda faqat plastik almashtiriladi, kartochka raqami avvalgidek qoladi. Amal qilish muddati yakunlanishi sanasi kartochkada ko‘rsatiladi. Agar kartochkada yakunlanish sanasi sifatida faqat oy yoki yil ko‘rsatilgan bo‘lsa, kartochka mazkur oy yoki yilning oxirgi kuniga qadar amalda bo‘ladi. 

Debet kartochkasi (Debitcard) – kartochka sohibining joriy hisobvarag‘idan kreditorning hisobiga kartochkada mavjud summa doirasida mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish yo‘li bilan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun o‘sha zahoti pul to‘lanishini ta'minlovchi plastik kartochka. Debit karta bilan to‘lash uchun  odatda PIN kerak bo‘ladi. 

Kartochka sohibi (Cardholder) — jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, uning nomiga va bank bilan o‘zaro majburiyatlarda kelishib oilngan shartlarda kartochka emissiya qilinadi; yoki kart-hisobda mavjud mablag‘larni tasarruf etishga karta sohibi tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxs. Bank kartochkasining sohibi uning egasi sanalmaydi, bank kartochkasining egasi bank-emitent hisoblanadi. 

Dispenser (Dispenser)  — naqd pul berishga mo‘ljallangan avtomat. Pullarni olish yo operator buyrug‘iga ko‘ra yoki mijozning o‘zi tomonidan, plastik kartochka orqali olinishi mumkin. 

Savdo korxonasi bilan shartnoma (MerchantAgreement)  — savdo korxonasi va bank-ekvayer o‘rtasidagi yozma shartnoma bo‘lib, tomonlarning kartochkali to‘lovlarni qabul qilish jarayonidagi huquqlari, majburiyatlari va kafolatlarini qayd etadi.

Qo‘shima karta (Additionalcard)  — kartochkaning asosiy sohibi oila a'zosiga yoki korporativ kartochka sohibi bo‘lmish kompaniya xodimiga beriladigan kartochka. Qo‘shimcha kartochka asosiy kartochkaga tegishli karta hisobiga bolangan bo‘ladi.

Pul jo‘natmalari — pul mablag‘larini jo‘natish tizimlari. O‘z ichiga xalqaro pul jo‘natmalari tizimlari yordamida jo‘natishni va hisob ochib yoki ochmay amalga oshiriladigan bank jo‘natmalarini oladi.

Depozitariy — Bank bo‘linmasi, uning asosiy vazifalari qimmatli qog‘ozlarga huquqlarni hisobga oilsh va tasdiqlash bo‘yicha xizmatlar, Deponentning depo-hisobini ochish va yuritish, Deponentning depo-hisobi bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshirish va sh.k.

Depozit — tashkilot, masalan bankda, saqlab turish yoki foizlar olish maqsadida hisobga qo‘yilgan pul summasi yoki broker, dilekr va sh.k.ga qandaydir ehtimoliy tijorat zararlarini qoplashni ta'minlash uchun berilgan pul summasi.

Depozitnыy schet — bankdagi hisob bo‘lib, undagi mablag‘larni cheklarni to‘lash uchun ishlatib bo‘lmaydi. Depozit hisoblari bo‘yicha to‘lanadigan foiz joriy foiz stavkasiga va pulni qaytarib olish haqida bankni oldindan xabardor qilib qo‘yish muddatiga bog‘liq, biroq u doimo joriy hisobvaraqbo‘yicha to‘lanadigan foizdan yuqoridir. Depozit hisoblar bo‘yicha foizlarga soliq odatda daromad manbaida to‘lanadi, biroq, xorijiy va institutsional mijozlar brutto-foizlar olishlari mumkin. 

Depozit sertifikati — bank-emitentning pul qo‘yuvchi (benefitsiar)ning yoki uning huquqiy vorisining belgilangan muddat tugagach, depozit (omonat) summasini va unga hisoblangan foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi yozma guvohnomasi.

Debet kartasi — VISA Int., Eurocard/MasterCardInt. Xalqaro to‘lov tizimlarining shaxsiylashtirilgan to‘lov vositasi, u kartochka sohibiga tovarlar va xizmatlarga naqdsiz pul to‘lash, shuningdek banklar bo‘limlarida, bankomatlarda va valyuta berish shaxobchalarida naqd mablag‘lar olish imkonini beradi.

Diskont dasturi — Bank va sherik-kompaniyalarning hamkorlikdagi dasturi bo‘lib, unga ko‘ra, Probiznesbank tomonidan emissiya qilingan VISA Int., Eurocard/MasterCardInt. Xalqaro to‘lov tizimlari kartalari sohiblariga tovar va xizmatlar uchun salmoqli chegirmalar bilan to‘lovni amalga oshirish imkoni beriladi. 

Masofadan xizmat ko‘rsatish — Mijozning Bank ofislariga kelishi zaruratisiz unga xizmat ko‘rsatish. Telefonda xizmat ko‘rsatish markazi operatorlari va INternet-banking orqali amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha karta — asosiy kartaga qo‘shimcha ravishda berilgan xalqaro plastik karta. Hisobga joylashtirilgan mablag‘lardan foydalanish, naqd pul olish va tovar hamda xizmatlar uchun haq to‘lashda foydalanish imkonini beradi. Karta hisob egasi nomiga ham, shuningdek uning oilasi a'zolari nomiga ham rasmiylashtirilishi mumkin.

Yo‘l cheki — qoidaga ko‘ra, xalqaro hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan to‘lov hujjati. Mohiyatan, bir bankning boshqa bankka, chek egasiga uning chek sotilayotganida kiritilgan imzosi namunasiga ko‘ra, chekda ko‘rsatilgan pul summasini to‘lash buyrug‘idir. Yo‘l cheklarini qo‘llash sohasi banklari yoki boshqa moliyaviy muassasalar, sayyohlik firmalari o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi. Milliy yoki xorijiy valyutada chiqariladi, turli qiymatga ega.

Kreditni muddatidan oldin so‘ndirish – Bank tomonidan mijozga taqdim etiladigan qarzga olingan pul mablag‘larini muddatidan oldin qaytarish ikoniyatidir.

Z

Qarz oluvchi — kredit, qarz oluvchi, olingan mablag‘larni qaytarishga kafolat berish majburiyatini, taqdim etilgan kredit to‘lovini, muddatida qaytarish masalalarini o‘z zimmasiga oluvchi shaxs. 

I

Inkasso — bank amaliyoti, uning yordamida bank, o‘z mijozining topshirig‘iga ko‘ra, hisob-kitoblar hujjatlari asosida, unga tegishli pul vositalarini korxonalardan, ularning manizllariga ortib jo‘natilgan tovaralr va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oladi va bu mablag‘larni mijozning bankdagi hisobiga joylashtiradi. 

Internet-banking — sm. Elektron bank 

Ipoteka — ko‘chmas mulk, asosan yer va binolarni kredit olish maqsadida garovga qo‘yishning alohida ko‘rinishi; berilgan qarzning ta'minoti bo‘lib xizmat qiladi. 

K

Foizlar kapitalizatsiyasi — foizlar hisobi, bunda: omonatlar bo‘yicha foizlar muayyan davr uchun faqat omonatga emas, balki oldin hisoblangan foizlarga ham hisoblanadi.

Karta hisobvarag‘i — Mijoz plastik kartasi bo‘yicha amaliyotlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan mijoz hisobvarag‘i. 

Kommunal to‘lovlar — jismoniy shaxslar tomonidan yuridik shaxslar manziliga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun amalga oshiriladigan to‘lovlar. 

Komissiya — shartnoma, unga ko‘ra, komissioner kmoitentning topshirig‘iga ko‘ra, mukofot evaziga, o‘z nomidan, lekin komitent manfaatlari va uning hisobidan bitim tuzadi; mana shunday bitimni amalga oshirish uchun to‘lov. 

Konversiya — assortiment o‘zgarishi, yangi mahsulot ishlab chiqishga o‘tish; davlat zaymlari konversiyasi – bu markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan avvalgi obligatsiyalarning yangisiga almashtirilishi.

Kredit — 1. Kommersant o‘z mijoziga o‘sha zahoti haq to‘lamay tovar olishiga imkon beruvchi pul summasi. 2. Ikkilanma yozuvli buxgalteriya hisobi tizimida hisobning o‘ng tarafida amalga oshiriluvchi yozuv (provodka), u aktivlar kelib tushishishini aks ettiradi. 

Kreditor — yuridik yoki jismoniy shaxs – boshqa tomon (qarz oluvchi, debitor)ga pul mablag‘larini (kredit) qaytarish va to‘lash shartlari bilan taqdim etuvchi kredit shartnomasi tomoni. 

Kredit buyurtmasi — Mijoz tomonidan kunga kredit taqdim etish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlar majmui. 

Kredit kartasi — bank plastik kartasi, u bank kreditidan foydalanish imkonini beradi. Bunday karta bilan tovar yoki xizmatlarga kredit karta orqali pul to‘laganda, shuningdek bankomatda naqd pul yechib olinganida kreditga pul olish mumkin bo‘ladi.

Kredit liniyasi — bankning qarzdor oldidagi, yuridik rasmiylashtirilgan, qarz oluvchiga belgilangan muddat ichida kelishilgan limit doirasida kreditlar taqdim etish (kredit liniya ochish) majburiyatidir. 

Kreditga layoqatlilik — qarz oluvchida  kredit olishga va uni muddatida qaytarishga asos, imkoniyatlar mavjudligi. Kompaniyaning iqtisodiy ahvoli, ishonchliligi, likvid aktivlari, moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish imkoniyati bilan belgilanadi. “Kreditga layoqatlilik” tushunchasi ko‘pincha bak krediti olishga da'vogar bo‘layotgan va o‘z zimmasiga kreditlash to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga rioya ilish majburiyatini oluvchi korxonalar, tashkilotlar, firmalar, kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Qarz oluvchiga kredit taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qilayotganda, tijorat banklari avvalo uning kreditga layoqatliligiga e'tibor beradilar, buning uchun korxonalarning hisobot balanslarini tahlil qiladilar, moliyaviy holatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni, xo‘jalik faoliyatini o‘rganadilar. 

L

Overdraft limiti — Bank tomonidan Mijozga hisob bo‘yicha xarajat amaliyotlarini bajarishga ruxsat berilgan kredit qarzdorligining so‘nggi chegarasi. 

N

Kreditlashning jamg‘arib boriladigan dasturi — Mijozga avtomobilga birlamchi badal puli kiritish uchun zarur pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda, Bankning depozit hisobvarag‘ida yetmayotgan summani jamg‘arish imkonini beruvchi dastur. 

O

Kredit ta'minoti — ta'minot shakli, ayniqsa ta'minotni naqdsiz shakli, masalan, bank qarzi ta'minoti uchun taqdim etiluvchi aksiyalar yoki hayotni sug‘urtalash polislari. Qaysidir ma'noda bunday naqdsiz ta'minotlar, birlamchi ta'minot, masalan kafolatlardan farqli o‘laroq, kreditning ikkilamchi ta'minoti toifasiga kiradi.

Overdraft — Bank tomonidan Mijozning hisobraqami/joriy hisobvarag‘ini mijoz to‘lov hujjatlarini tezkor to‘lash uchun kreditlash (unda pul mablag‘lari bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan hollarda). Mijoz hisobini kreditlash belgilangan limit doirasida amalga oshiriladi. Kreditni so‘ndirish Mijoz hisobida bo‘sh mablag‘lar qoldiqlari paydo bo‘lganda amalga oshiriladi. 

P

PIN-kod — Mijoz tomonidan plastik karta orqali amaliyotlar amalga oshirilishida uning identifikatsiya qilish uchun ishlatiluvchi Mijoz shaxsiy identifikatsiya raqami. PIN-kod faqat Mijozga ma'lum bo‘lishi kerak. PIN-koddan Bank yoki protsessing markazi xodimlarining xabardor bo‘lishining oldini olish uchun u yopiq PIN-xatjildda chop etiladi, Bankka yetkaziladi va Mijozga topshiriladi.

To‘lov topshirig‘i — to‘lovchining uning hisobidan muayyan summani o‘sha bankning o‘zidagi yoki boshqa bankdagi qabul qiluvchi hisobiga o‘tkazish (jo‘natish) to‘g‘risidagi topshirig‘ini o‘z ichiga olgan hisob hujjati. Tovar-moddiy qiymatliklar, ish va xizmatlar bajarilishi yuzasidan hisob-kitoblarda, shuningdek notovar shakldagi to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi. To‘lov topshirig‘ida quyidagilar ko‘rsatiladi: to‘lovchi va to‘lovni qabul qiluvchi nomi, ularning bankdagi hisobraqamlari, to‘lov maqsadi va qaysi hujjatga asosan to‘lov amalga oshirilayotganligi, to‘lov summasi. To‘lov topshiriqlari bankka chiqarilgan kunning ertasidan boshlab 10 kundan kechiktirmay bankka topshirilishi lozim. Agar boshqa holatlar bank va uning mijozi o‘rtasidagi shartnomada belgilangan bo‘lmasa, to‘lov topshiriqlari bank tomonidan bajarish uchun hisobraqamda mablag‘ bo‘lganidagina qabul qilinadi. 

To‘lov qabul qiluvchi — Kimning foydasiga to‘lov o‘tkazilayotgan bo‘lsa, o‘sha jismoniy yoki yuridik shaxs. Chek bilan to‘lashda kimning foydasiga chek yozilgan bo‘lsa, o‘sha jismoniy yoki yuridik shaxs qabul qiluvchi sanaladi.

Kafillik — bir tomonlama majburiyatlar bo‘yicha shartnoma, uning yordamida kafil kreditor oldida zarurat tug‘ilganda, qarz oluvchining qarzini to‘lash majburiyatini oladi.

Iste'mol krediti — kreditning bir shakli bo‘lib, bunda qarz oluvchi jismoniy shaxs bo‘ladi, kreditorlar – kredit tashkilotlari, korxonalar va tashkilotlar bo‘ladi. aholining iste'mol ehtiyojini qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Doimiy to‘lov topshirig‘i — Bank tomonidan Mijoz ko‘rsatgan muddatda muntazam asosda bajariluvchi Mijoz to‘lov topshirig‘i. 

Oldindan belgilangan to‘lov — oldindan taqdim etilgan rekvizitlar bo‘yicha to‘lov. 

Prolongatsiya — hujjat, omonat va sh.k. amal qilish muddatini uzaytirish. 

Foiz stavkasi — taqdim etilgan qarz evaziga olinadigan summa, odatda kredit hajmining belgilangan foizida ifodalanadi. Bundan tashqari, bu – bank, qurilish jamiyati va sh.k.ning ularga qo‘yilgan pul egasiga to‘lovlar hamdir, ular ham qo‘yilgan summaning belgilangan foizida ifodalanadi (qar. yillik hisoblashdagi foiz stavkasi). 

S

Maxsus kartochka hisobvarag‘i — qar. Kartochka hisobvarag‘i. 

Muddatli omonat — yuridik va jismoniy shaxslarning oldindan belgilangan muddatga, lekin, qoidaga ko‘ra, 1 oydan kam bo‘lmagan muddatga saqlash uchun joylashtirilgan pul mablag‘lari. Muddatli omonatlarning sezilarli o‘sishi bank amaliyotlari daromadliligi oshishiga unchalik ham xizmat qilmasa-da, bank balansi likvidligi darajasini oshiradi.

T

Tarif rejasi — barcha amaliyotlarni boshqarishga markazlashgan yondashuvni ko‘zda tutuvchi markazlashgan yondashuv. Siz avvalda alohida-alohida foydalanib kelganingiz barcha bank xizmatlari endilikda bir mahsulotning qismi sanaladi va Sizga yanada manfaatli va qulay shartlarda taqdim etiladi. Siz o‘zingizning ehtiyojlaringizga ko‘proq javob beruvchi tarif rejasini tanlashingiz mumkin, shunda o‘zingizga zarur bo‘lmagan xizmatlar uchun pul to‘lamaysiz. 

Joriy hisobvaraq — mijozning individual bank hisobvarag‘i, uni naqd va nadqsiz pul bmalag‘lari bilan to‘ldirish, shuningdek, u orqali mijoz tomonidan pul jo‘natmalari, tovar va xizmatlar haqini to‘lash, valyuta almashinuvi amaliyotlari, naqd pul yechish va sh.k bank amaliyotlarini amalga oshirish mumkin. 

Tranzaksiya — kelishuv yoki bitimga taalluqli amaliy axborot almashinuvi. 

Ch

Chek — oldindan chop etilgan shakl bo‘lib, unda hisobvaraq ochilgan tashkilotga ko‘rsatilgan pul summasini ko‘rsatilgan to‘lov qabul qiluvchiga to‘lashga topshiriq beriladi. Bu har qanday ko‘rinishdagi qarzlarni so‘ndirishning eng keng tarqalgan shakli. Krossirovkalangan chekda  old tarafidagi ikkita parallel chiziqlar to‘lov qabul qiluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilishi, chek ko‘rsatilganda naqd to‘lanmasligi kerakligini bildiradi. Maxsus krossirovkalash, masalan to‘lov oluvchi bankining nomini yozish yo‘li bilan, chekning kelgusida boshqaga berilishini cheklash maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin. Ochiq chek deb odatiy krossirovkalanmagan chek ataladi, u chek yozib bergan shaxs bankida naqd to‘lanishi mumkin. Orderli chek – muayyan shaxsga “yoki uning buyrug‘i”ga ko‘ra to‘lov amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chek. Bu to‘lov qabul qiluvchiga yo ularni hisobvaraqda deponentlash, yoki uchinchi shaxsga o‘tkazish yozuvini kiritish, ya'ni chekning ort tomoniga tegishli yozuvlarni kiritib, ushbu chekka huquqni boshqaga topshirish imkonini beradi. Blankali chekda to‘lov summasi ko‘rsatilmaydi; bunday cheklar ko‘p hollarda qarzning aniq summasi noma'lum bo‘lganda va to‘lov qabul qiluvchisi uni o‘zi chekka yozishi kerak bo‘lgan hollarda beriladi.

F

Fond — ma'lum maqsadlar, masalan, pensiya to‘lash manbai (pensiya fondi) yoki alohida bo‘laklarga bo‘lib sotish uchun shakllangan investitsiya yoki pul zaxirasi. 

S

TXM — Telefonda xizmat ko‘rsatish markazi, Mijozlarga masofadan xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. 

Sh

Jarima sanksiyalari — Bank tomonidan mijozga nisbatan, u tomonidan Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yetarli bajarilmagan taqdirda  qo‘llaniladigan sanksiyalar. 

E

Ekvayring — kredit tashkilotining savdo korxonalari bilan bank kartalarini qo‘llagan holda amalga oshirilgan amaliyotlar hisob-kitobi bo‘yicha va ushbu tashkilot mijozlari bo‘lmagan bank kartalari sohiblariga naqd pul mablag‘lari berish bo‘yicha faoliyati. 

Elektron bank — telekommunikatsiya kanallari va Internet vositalaridan foydalangan holda Mijozga masofadan bank xizmatini ko‘rsatish tizimi. 

Elektron to‘lovlar tizimi — pullarni bir bank hisobidan boshqasiga kompyuter va telekommunikatsiya liniyalari yordamida jo‘natish. Hozirda banklar bir hisobvaraqdan boshqasiga pul jo‘natishda odatda kompyuterdan foydalanadilar; elektron pul jo‘natish tizimining yana bir ko‘rinishi telefon orqali bank xizmatlari tizimidir, u mijozlarga uydan chiqmay turib bank amaliyotlarini amalga oshirish imkonini beradi. 

Emissiya — barcha shakllardagi pul belgilarini muomalaga chiqarish; aylanishdagi pul massasi ortishiga olib keladi. Emissiyaning asosiy shakllari: kredit pullari emissiyasi – banknot; depozit-chek emissiyasi; qimmatli qog‘ozlar emissiyasi. Kompaniya qimmatli qog‘ozlarining istalgan turi yoki shunday qog‘ozlarning muomalaga chiqarilishi.

Bizning yutuqlarimiz
2016
SO'ROV

Как Вы оцениваете новый дизайн сайта нашего банка?

Как Вы оцениваете новый дизайн сайта нашего банка?